Şeriklar xiyonati: alpinist ölim yoqasidan qaytarildi
Avstriya Alpida 20 yoşli germaniyalik alpinist hamrohlari taşlab ketgandan söng qiyin ahvolda qoldi. U dengiz sathidan 2 600 metr balandlikda topilib, 14 soatlik qutqaruv amaliyoti natijasida xavfsiz joyga olib tuşildi.
Maʼlum qilinişiça, uç nafar olmon alpinisti yomon ob-havo şaroiti va ogohlantirişga qaramay, şanba kuni Xoxkyonig toğ tizmasidagi Kyonigsyodler yönalişi böylab yölga çiqqan. Ulardan biri balandlikda harakatni davom ettira olmay, yordam söragan. Hamrohlar esa yölda davom etib, yopiq Matrasxaus boşpanasiga yetib borgan.
Qutqaruvçilar kuçli qor yoğişi va köriş masofasi çeklanganiga qaramay, yarim tunda jabrdiydani topgan. Qariyb 20 santimetr qor va yöl körinmay qolgani tuşiş jarayonini ham xavfli qilgan. Pongau toğ-qutqaruv xizmati rahbari Gerxard Kremzer aytişiça, yigit yana bir tun toğda qolganda tirik qolmasligi mumkin edi. Hodisa yuzasidan politsiya tekşiruv boşlagan.
Musulmon Ziyo, ÖzA