Fransiyada talonçilik: zargarlik fabrikasidan qariyb 50 kilogramm oltin öğirlandi
Nomaʼlum şaxslar Fransiyaning Bezanson şahridagi zargarlik fabrikasida qurolli talonçilik uyuştirib, qariyb 50 kilogramm oltin va boşqa zargarlik buyumlarini öğirlab ketişdi, deb xabar tarqatdi “Franceinfo” telekanali.
Taʼkidlanişiça, egniga zirhli nimça kiygan va yuzlarini yaşirib olgan beş nafar bosqinçi zavod hududiga ertalabki vaqtda bostirib kirişgan. Jinoyatçilar qöllaridagi qurollar bilan işçilarni qörqitiş maqsadida havoga bir neça marta öq uzişgan.
Qoçiş paytida öğrilar yölga ataylab mixlarni soçib yuborişgan, natijada politsiya maşinasi va mototsikl şinalari teşilgan. Qoçib ketgan maşina keyinçalik yoqib yuborilgan holda topilgan.
Voqea payti zavod işçilaridan biri jarohat olgani aytilmoqda. Talonçilik böyiça tergov işlari boşlangan.
S.Rahimov, ÖzA