Shahzodbek Nurmatov va Sobir Safaraliyev - Osiyo o‘yinlari g‘olibi!
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarining akademik eshkak eshish bahslarida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi LM2x dasturida Shahzodbek Nurmatov va Sobir Safaraliyev marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Shu tariqa, vakillarimiz delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi. Ushbu akademik eshkak eshuvchilarimiz joriy yilgi jahon chempionatida zafar quchgan edi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasining XX Osiyo o‘yinlaridagi medallari soni 3 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronzaga yetdi va umumiy jadvalning 8-pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA