Samarqandda ikki mahallaga “Turizm mahallasi” maqomi berildi
Samarqand tumanidagi Yangijoy hamda Toyloqdagi Bog‘izog‘on mahallalariga turizm mahallasi maqomi berildi.
Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Bobokalonov Yangijoy mahallasi raisiga ushbu maqomni tasdiqlovchi maxsus sertifikatni topshirdi. Shu yerda turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hamda Samarqand tumani hokimi mahalla hududida dam olish maskanlari tashkil etgan tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning samarali ishlashi uchun zarur imkoniyat va qulayliklar yaratilishini ta’kidladi.

Tadbirkorlar faoliyati jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga murojaat qildi. Shu kabi tadbir Toyloq tumanida ham o‘tkazildi. Tumanning Bog‘izog‘on mahallasiga “Turizm mahallasi” maqomi berilganini tasdiqlovchi guvohnoma topshirildi.

Mahalladagi 20 dan ortiq xonadonda mehmon uylari tashkil etilmoqda. Shuningdek, servis va xizmat ko‘rsatish maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bu mahallalarga tashrif buyuruvchi sayyohlar o‘zbekona turmush tarzi, milliy urf-odatlar va mehmondo‘stlik muhitini yaqindan his qilishadi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA