Rubio: Ukraina Yevropaning eng kuchli armiyasiga aylandi
Ukraina Qurolli kuchlari bugungi kunda Yevropadagi eng kuchli armiya hisoblanadi, deya ta’kidladi AQSH Davlat kotibi Rubio “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘lkaning hozirgi darajasi keng jangovar tajriba va sheriklarning tizimli harbiy yordami kombinatsiyasi natijasidir. Rubio fikricha, Rossiyaning son jihatidan va resurs jihatidan ustunligiga qaramay, Ukraina qit’ada eng jangovar qurolli kuchlarni jamlashga muvaffaq bo‘lgan.
Shuningdek, Davlat kotibi ziddiyatning insoniy va iqtisodiy oqibatlarini ikkala tomon uchun ham “ulkan” deb aytdi. Shu bilan birga, u diplomatik jarayon hozirda sekinlashgani, chunki Kiyev ham, Moskva ham harbiy muvaffaqiyatga umid qilishda davom etayotganini bildirdi. Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Vashington hali ham tomonlar kelajakda muzokaralarga qaytishini kutmoqda.
S.Rahimov, O‘zA