Kim Chen In Janubiy Koreya bilan chegarada qo‘shinlarni kuchaytirishni buyurdi (+video)
Jahondagi zilzila va harbiy keskinliklar, Ukrainadagi korrupsiya ishi hamda Xitoyda mo‘’jizaviy omon qolgan bola — kunning eng muhim xabarlari
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tKkoB0khmyE" title="Rossiya va Ukraina o`rtasida 205 nafar harbiy asir almashildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Xitoyning Guansi provinsiyasida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, ikki kishi halok bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida minglab aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Shu bilan birga, AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga yaqin ayrim shaxslar BAAni Eronga qarashli Lavan orolini egallashga undagani haqidagi ma’lumotlar xalqaro OAVlarda tarqaldi. Fors ko‘rfazidagi keskinlik fonida Saudiya Arabistoni Iroq tomondan uchirilgan uchta dronni havoda yo‘q qilganini ma’lum qildi.
Ukrainada esa prezident ofisi sobiq rahbari Andrey Yermakka oid korrupsiya ishi muhokamalar markazida qolmoqda. U uchun belgilangan 3 million dollar garov puli to‘liq to‘langani va yaqin vaqtda tergov izolyatoridan ozod etilishi mumkinligi aytilmoqda. Ayni paytda Kiyev mamlakatning ilk boshqariladigan aviabombasini jangovor qo‘llashga tayyor holatga keltirganini ma’lum qildi. Yangi qurol front chizig‘idan o‘nlab kilometr ichkarisidagi harbiy nishonlarni yo‘q qilish imkoniyatiga ega ekani bildirilgan.
Xitoydagi yana bir voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Dalyan shahrida 4 yoshli bola 11-qavatdan tushib ketganiga qaramay tirik qoldi. Shifokorlar uning yashab ketish ehtimolini atigi 5 foiz deb baholagan bo‘lsa-da, 18 kunlik reanimatsiyadan keyin bola hayotga qaytgan. Shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan chegaradagi qo‘shinlarni kuchaytirish bo‘yicha buyruq bergani ham kunning asosiy siyosiy xabarlaridan biri bo‘ldi.
Nozimbek Mardonov, Salim Obidjonov O‘zA