Rasuljon Abdurahimov — Osiyo o‘yinlari bronza medali sohibi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 30 taga yetdi.
Musobaqaning sport gimnastikasi bo‘yicha bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rasuljon Abdurahimov qo‘shpoya dasturidagi final bahsida 14,433 ball jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu natijadan so‘ng delegatsiyamiz medallari 30 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA