Qaytish chiptasi: Xorijiy diplom va minglab bemorlar taqdiri
Zamonaviy tibbiyot nafaqat malakali shifokorlar, balki kuchli ilm-fan, innovatsiya va xalqaro tajribaga ham tayanadi. Bugun yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olib, egallagan bilimi va ko‘nikmasini mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga yo‘naltirayotgan yosh mutaxassislar tobora ko‘paymoqda.
Iqtidorli yoshlarimizning hayot yo‘li, ta’lim olish davri, muayyan tajribasi va el ravnaqi yo‘lidagi faoliyatini keng jamoatchilikka tanitish maqsadini ko‘zlagan “Qaytish chiptasi” dasturida xorij muhiti, kasbiy shakllanish jarayoni, yangi g‘oyalar hamda Vatan taraqqiyoti uchun muhim tashabbuslar haqida ochiq muloqot qilinadi.
Bu galgi qahramonimiz – “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Fransiyaning Parij-Sakle universiteti bitiruvchisi, ayni payt Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Fan, ta’lim va innovatsiya bo‘limi boshlig‘i Marat Ma’murov.
Suhbat davomida mehmon farang diyorida o‘tgan yillar, ilm-fan va innovatsiyaning tibbiyot taraqqiyotidagi o‘rni, o‘lkamizda yosh olimlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda bir mutaxassisning bilimi minglab insonlar taqdiriga daxldorligi xususida fikr yuritadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/NhLbkaNB-bo" title="Bir diplom, minglab bemorlar taqdiri" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Nishonboy Abduvoitov (video),
O‘zA