Parij rahbariyati kuchli issiq to‘lqin uchun AQSHni aybladi
Parij merining xalqaro munosabatlar bo‘yicha o‘rinbosari Odri Pulvar AQSHni Fransiyada kuzatilayotgan issiq to‘lqinga aloqadorlikda aybladi.
U fransuz uylariga kamdan-kam holda konditsioner o‘rnatiladi, deya kinoya qilgan amerikaliklarga shunday javob berdi. Mulozim ta’kidlashicha, AQSH havoga bug‘ gazi chiqaruvchi asosiy davlatlardan biri sifatida global isish oqibati uchun mas’uldir.
Shuningdek, Pulvar amerikaliklarni “Fransiyaga maslahat berishni to‘xtatib, muammoni hal qilish uchun harakat boshlash”ga chaqirdi.
S.Rahimov, O‘zA