O‘zbekistonning FIDE reytingidagi mavqei yanada yuksaldi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi Nomzodlar turniri qizg‘in davom etayotgan pallada FIDEning 2026-yil aprel oyi uchun tasdiqlangan reytingini e’lon qildi.
O‘zbekiston shaxmatchilari uchun eng quvonchli holat, “Top Federations Open” ro‘yxatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 9-o‘ringa ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Shaxmatchilar reytingida esa Niderlandiya vakili Magnus Karlsen (2840) yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, keyingi pog‘onalarda AQSH vakillari Hikaru Nakamura (2810)va Fabiana Karuana (2810) band etgan. Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2780) kuchli to‘rtlikka yakun yasagan.
Shuningdek, reytingda Nodirbek Yoqubboyev(36-o‘rin), Rustam Qosimjonov(48-o‘rin) va Shamsiddin Vohidov(79-o‘rin) nomlari qayd etilgan.
Yosh shaxmatchilarimizdan Muhiddin Madaminov va Muhammadzohid Suyarov yoshlar reytingida, Afruza Hamdamova, Gulruhbegim Tohirjonova, Umida Omonova, Guldona Karimova, Madinabonu Xalilova, Nilufar Imomqo‘ziyeva kabilar ayollar hamda qizlar reytingida TOP-100 talikka kiritilgani mamlakatimiz shaxmatchilari xalqaro maydonda o‘z mavqeini tobora mustahkamlab borayotganidan dalolat, deyish mumkin.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA