O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibning dolzarb masalalari, keng ko‘lamli strategik hamkorlik va ittifoqchilikni yanada rivojlantirish hamda bo‘lajak muloqotlar muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.
A.Alimova, O‘zA