Olmaotada Hamdo‘stlikning sport masalalariga doir yig‘ilish o‘tkazildi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Hamdo‘stlikning sport poytaxtlari” davlatlararo dasturi doirasida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston Respublikalarining tegishli soha vakillari qatnashgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining o‘rinbosari Murod Ismoilov jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi sport qiyofasi yorqin namoyish etilmoqda.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, amalga oshirilayotgan industrial yuksalishlar, sport aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar do‘stona munosabatlarning yanada ravnaq topishiga xizmat qilmoqda.
Muhokamalar jarayonida sport turlarini rivojlantirish, qo‘shma tadbirlarni tashkil etish, o‘zaro tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA