Marhamatlik yosh voleybolchilar viloyat kubogi g‘olibi
Marhamat tumanida 2013-2014-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar jamoalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat sport boshqarmasi va voleybol federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqalarda viloyatning barcha tuman, shahar jamoalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, Marhamat tumani yosh voleybolchilari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat kubogini qo‘lga kiritdi.


Musobaqada ikkinchi o‘ringa Buloqboshi, uchinchi o‘ringa Paxtaobod tumanlari jamoalari sazovor bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar kubok, diplom va tegishli medallar bilan taqdirlandi.


Faxriddin Ubaydullayev,
O‘zA muxbiri