O‘qituvchilar uchun “Mahorat maktabi”
Buxoroda xalq ta’limi xodimlarining kasb malakasini oshirishga qaratilgan “Mahorat maktabi” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Buxoroda xalq ta’limi xodimlarining kasb malakasini oshirishga qaratilgan “Mahorat maktabi” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda Buxoro davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 22 fan yo‘nalishi bo‘yicha interfaol metodlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, ko‘rgazmali vositalardan foydalangan holda dars o‘tishning innovatsion usullari yuzasidan tajriba almashildi.