Navbahor Hamidova World Boxing kubogi bosqichi finalida jang qiladi
Braziliyaning Foz de Iguasu shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida World Boxing tashkiloti kubogining birinchi bosqichida 49 ta mamlakatdan 400 ishtirokchi qatnashmoqda.
Musobaqaning yarim final bosqichida milliy terma jamoamizning uch nafar a’zosi ringga ko‘tarildi. Hususan, 48 kilogrammgacha vaznda Farzona Fozilova ispaniyalik Marta Lopezga imkon qoldirmadi va final bosqichida meksikalik Fatima Herrera bilan kuch sinashdigan bo‘ldi.
World Boxing kubogining yarim final bahslarida -65 kg. vazn toifasidagi vakilamiz Navbahor Hamidova angliyalik Sacha Xiskeyni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi bokschimiz oltin medal uchun o‘tadigan jangda qozog‘istonlik Aida Abikeyevaga qarshi raqobatlashadi.
Afsuski, erkaklar o‘rtasidagi +90 kg. vaznda bahslarga kirishgan Jahongir Zokirov yarim final bahsida armanistonlik David Chaloyanga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va Zokirov bronza medali bilan cheklandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA