Karate WKF bo‘yicha “Uzbekistan OPEN – 2026” xalqaro turniridan fotoreportaj
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da karate WKF hamda parakarate bo‘yicha “Uzbekistan OPEN – 2026” III xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqada Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Rossiya va O‘zbekistondan 500 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda. Turnir doirasida karatechilar kata va kumite yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bahs olib borayotir.
Musobaqaning dastlabki kuni yakunlariga ko‘ra, hamyurtlarimiz munosib natijalarni qayd etdi. Jumladan, Abdulaziz Rasulov, Sultonbek Sultonov, Samandar O‘rozaliyev, Durdona To‘raqulova, Kamola Qodirova, Farziyo Abdusamatova, Malika Niyozmetova, Gulshan Alimardonova, Madinabonu Olimova, Diyora Po‘latova, Mehriddin To‘raxonov, Azizbek Qobilov, Mohinur Teshaboyeva, Dilafro‘z Qo‘ziyeva, Nafisa Jamolova, Samandar Zokirov, Semurg‘ Muxtorov va Komiljon Zokirov o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.
[gallery-28996]
Xalqaro turnir bugun yakuniga yetadi va musobaqaning so‘nggi bellashuvlarida yana bir qator g‘oliblar nomi aniqlanadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA