Mehriban Yuldasheva: O‘zbekistonda o‘qish orzuim bo‘lgan (+video)
Xorijlik talabalarning O‘zbekistonda ta’lim olishlari uchun so‘nggi yillarda keng ko‘lamli imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi. O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahon yoshlari ayniqsa Hindiston, Pokiston va qo‘shni davlatlar uchun ommabop ta’lim markaziga aylanib bormoqda.
Bugungi kunga kelib, 500 nafargacha iqtidorli xorijlik talabalar uchun davlat oliygohlarida mutlaqo bepul o‘qish imkoniyatini beruvchi yangi davlat grantlari joriy etildi. Boshqa oliy ta’lim ta’lim dargohlari kabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida ham xorijlik talabalar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
21 - oktabr kuni, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sanasi arafasida yurtimizda tahsil olayotgan xorijiy talabalar bilan suhbatlashdik. Bugungi lavhamizda ana shunday xorijlik talabalardan biri — Turkmanistonlik talaba Mehriban Yuldasheva.
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov,
U.To‘xtayev (O‘zA)