Kazemiro: "Terma jamoaga Neymar kerakmi yoki Messi degan savol qo‘yilmasligi kerak"
U buyuk futbolchi va hech kimga hech narsani isbotlashga majbur emas.
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro Neymar haqida fikr bildirdi.
"Iste’dod. Gapiradigan gapning o‘zi ham yo‘q. U buyuk futbolchi va hech kimga hech narsani isbotlashga majbur emas. Agar o‘zi xohlasa, u terma jamoada o‘ynashi kerak va jamoadagilar Neymar kerakmi yoki Messi degan savolni umuman qo‘ymasligi kerak. Muammo jismoniy holatda. Bu haqida Karlo Anchelottining shaxsan o‘zi gapirgan edi", - dedi xavbek.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Marokash, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalari bilan bahs olib boradi.