Belarusning “«Dinamo-Minsk” jamoasining sobiq rahbarlaridan biri Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi
Yashirmayman, ma’lum ma’noda men “Manchester Siti” darajasigacha o‘sgan Abduqodir Husanovning shakllanishiga aloqadorman.
Belarusning “«Dinamo-Minsk” jamoasining sobiq rahbarlaridan biri, sambo bo‘yicha uch karra jahon chempioni va to‘rt karra Yevropa chempioni Vladimir Yaprinsev ayni paytda “Manchester Siti”da porlayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning “Energetik-BGU”da shakllanish davrlarini eslab, fikr bildirdi.
" Men futboldagi yorqin shaxslarga qiziqaman. Yashirmayman, ma’lum ma’noda men “Manchester Siti” darajasigacha o‘sgan Abduqodir Husanovning shakllanishiga aloqadorman.
Bu yigit menda nihoyatda katta taassurot qoldirgan. Abduqodir muqaddas Ramazon oyida ro‘za tutib, boshqa har qanday oydagi kabi o‘zini ayamasdan mashg‘ulot qilardi. Holbuki, bu vaqtda musulmonlar tongdan quyosh botgunga qadar ichimlik va ovqatdan tiyiladilar.Men unga qarab, o‘zimni, ya’ni katta shaharga kelib, uni zabt etishi va azaliy orzusiga yetishish uchun oldinga intilishi kerak bo‘lgan bolalik davrimni eslardim.
Bilasizmi, shuning uchun ham men sportni yaxshi ko‘raman, u odamni o‘z bolaligiga qaytara oladi, - dedi Vladimir Yaprinsev.