JCH-2026: AQSh Avstraliyani magʻlub etib, muddatidan oldin pley-offga yoʻllanma oldi
Mazkur oʻyin Sietldagi (AQSh) "Lumen Fild" stadionida boʻlib oʻtdi.
AQSh milliy terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi 2-turi doirasidagi uchrashuvda Avstraliya terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etdi. Mazkur oʻyin Sietldagi (AQSh) "Lumen Fild" stadionida boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Kemeron Berdjessning avtogoli evaziga amerikaliklar hisobni ochishdi. 44-daqiqada esa Aleksandr Friman muvaffaqiyatni mustahkamladi. Shu tariqa, AQSh Jahon chempionatlari tarixida ketma-ket ikki oʻyinda raqiblari oʻz darvozasini ishgʻol qilgan ilk jamoaga aylandi.
Hozirda AQSh 6 ochko bilan "D" guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ushbu gʻalaba tufayli amerikaliklar JCH-2026 pley-off bosqichi yoʻllanmasini muddatidan oldin naqd qilishdi. Avstraliya esa 3 ochko bilan guruhda ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Guruh bosqichining soʻnggi turida, 26-iyun kuni AQSh terma jamoasi Turkiyaga qarshi maydonga tushsa, avstraliyaliklar Paragvay bilan kuch sinashishadi.