Ish beruvchi bitiruvchilar huzuriga keldi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida viloyatdagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida viloyatdagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiSamarqand viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat mehnat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada tizimdagi 30 ga yaqin korxona, tashkilot, aloqa operatorlari hamda davlat boshqaruvi organlari 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va keng joriy etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Samarqand viloyatida bugungi kunda TATU Samarqand filiali hamda yetti kasb-hunar kollejida soha uchun mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda. Mazkur ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘qish davridayoq tegishli korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tab, kasb ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqda. Davlat organlari, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlar ham ushbu muassasalarda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘z bilim va malakasini oshirish imkoniyatiga ega.
Yarmarkada bitiruvchilar taklif etilayotgan ish o‘rinlari, korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob, ish beruvchilarning tavsiya va maslahatlarini oldi.
– Yarmarkada qatnashib, o‘zimga ma’qul ish topishga erishdim, – deydi Samarqand axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Javohir Keldiboyev. – “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Bulung‘ur tumani telekommunikatsiya bog‘lamasiga ishga kirish uchun yo‘llanma oldim. Korxonadagi sharoitlar bilan amaliyot davomida yaqindan tanishib, ish amaliyoti bo‘yicha ko‘nikma olganman. Bu esa korxonada ish boshlashimga yordam beradi, deb o‘ylayman.
Mehnat yarmarkasi davomida 100 ga yaqin bitiruvchi va ish beruvchilar o‘rtasida shartnomalar imzolandi.