Infantino Eronning Jahon chempionatida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatladi
Yaqin Sharqdagi keskin vaziyatga qaramay, FIFA prezidenti Janni Infantino futbol bo‘yicha Eron milliy terma jamoasining Jahon chempionatida ishtiroki shartligini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, saralash bosqichida g‘olib chiqib, turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoa o‘z mamlakati va xalqi uchun maydonga tushishga haqli.
Avvalroq, Eron rasmiylari siyosiy sabablar va xavfsizlik yuzasidan AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan ushbu mundialda ishtirok etmaslik haqida bayonot berishgan edi.
Jumladan, o‘lka sport vaziri futbolchilarning Shimoliy Amerikada o‘zlarini xavfsiz his qilmasliklari va tashkiliy kamchiliklardan xavotirda ekanini aytgan. Biroq Infantinoning yangi bayonoti FIFA ushbu muammoni tinch yo‘l bilan hal etib, Eronni musobaqaga olib kelishga qat’iy ishonch bildirayotganini anglatmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA