“Global Tour-2026” musobaqasining 4-bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Musobaqada turli toifalardagi chavandozlar ishtirok etib, o‘z mahorati va tayyorgarlik darajasini namoyish etdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘olib hamda sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” ot sporti majmuasida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha “Global Tour - 2026” musobaqasining to‘rtinchi bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi.
“A” toifasida Bekzod Rozmuhamedov «Akdarius» laqabli oti bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Bahromjon G‘oziyevga («Ledy»), uchinchi o‘rin esa Muhammaddiyor Raimjonovga («Kaskat») nasib etdi.
[gallery-30043]
“B” toifasida Asalxon Saidahmedova («Karina») g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, Fayzullo Fayziyev («Simona») ikkinchi o‘rindan joy oldi, “C” toifasida Sevinch Nazarova («Elis G») oltin medal sohibiga aylandi. Maryam Xidirova («Narletta AV») kumush, Saidali Shukurov («Kornet BS») esa bronza medalni qo‘lga kiritdi. “E” toifasida Anna Sigidina («Elis G») g‘alaba qozondi. Jasurbek Xotambekov («Gratsiya») ikkinchi, Ozod Qobulov («Savanti») uchinchi o‘rinni egalladi.
Boshlovchi chavandozlar ishtirok etgan “F” toifasida Yusra Fayz («Karida») birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Iroda Valijonova («Yangtsi L») ikkinchi, Elbek Salayev («Leffe») uchinchi bo‘ldi.
Shuningdek, boshlovchi otlar toifasida Ulug‘bek Usmonov («Champions League») g‘olib deb topildi. Ubaydullo Fozilxo‘jayev («Morengo») ikkinchi, Bahromjon G‘oziyev («Kakain») esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA