Fransiya terma jamoasi asosiy himoyachisi jahon chempionati startini oʻtkazib yuborishi mumkin
Fransiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 16-iyun kuni Senegal terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Fransiya terma jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Vilyam Saliba jarohati sababli bir necha haftani oʻtkazib yuborishi mumkin.
25 yoshli futbolchi Chempionlar ligasining «PSJ»ga qarshi kechgan final uchrashuvida (1:1, penaltilar boʻyicha — 3:4) avvaldan mavjud boʻlgan jarohatini ogʻirlashtirib olgan.
Yakunlangan klub mavsumida Saliba barcha turnirlarda jami 50 ta oʻyinda maydonga tushgan edi.
Fransiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 16-iyun kuni Senegal terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.