Zidan Jahon chempionatidan so'ng Fransiya terma jamoasini boshqaradi
Fransiya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Dide Desham esa jamoani 2012-yildan beri boshqarib kelmoqda.
Zinedin Zidan Fransiya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanadi. L'Equipe nashri bu haqda deyarli hal bo'lgan fakt sifatida xabar bermoqda. Shuningdek, manba yana bir qiziqarli ma'lumotni ochiqladi: uning murabbiylar shtabidan yana bir mashhur afsona — darvozabon Fabyen Bartez ham joy oladi.
Zinedin Zidan 2021-yilda "Real Madrid" klubidagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so'ng hech qayerda murabbiylik qilayotgani yo'q edi. Fransiya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Dide Desham esa jamoani 2012-yildan beri boshqarib kelmoqda. U 2018-yilgi Jahon chempionatida jamoani chempionlikka yetaklagan.