Doniyorova Gulrux Baxtiyorovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Xotin-qizlarga bag‘ishlangan nashrlarda adabiy jarayonlar tahlili (1936-1976-yillar misolida) mavzusida.
Doniyorova Gulrux Baxtiyorovnaning 10.00.14 – XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon ixtisosligida “Xotin-qizlarga bag‘ishlangan nashrlarda adabiy jarayonlar tahlili (1936-1976-yillar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Guliston davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.38.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 26-avgust kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 120100, Guliston shahri, 4-mavze. Guliston davlat universiteti.
Tel.: (99867) 225-40-42.
e-mail: glsu_info@edu.uz