Chet tilini bilganlarga malaka sertifikati
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan “Chet tillarni bilish darajasini aniqlashda pedagogik o‘lchovlar” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan “Chet tillarni bilish darajasini aniqlashda pedagogik o‘lchovlar” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda chet tillarni birinchi sinfdan boshlab o‘qitish, yangi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, chet tillarni bilish darajasini baholashning milliy tizimi joriy etildi.
Tadbirda 2014-2016-yillarda 878 nafar talabgor o‘zining chet tilini qay darajada bilishini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikatini olish uchun Davlat test markaziga murojaat qilgani qayd etildi. Ular SEFR (Common European Framework of Reference for Languages – Chet tillarni o‘zlashtirish umumevropa klassifikatsiyasi) tavsiyalari asosida V1, V2 va S1 darajalariga davlat namunasidagi malaka sertifikatini olish uchun ingliz, fransuz, ispan, nemis, arab, xitoy, koreys, yapon, turk tillari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkazilgan. Yakunda 450 nafar talabgorga chet tilini bilish darajasi haqida davlat namunasidagi malaka sertifikati berilgan.
Davlat test markazi chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasining rasmiy sayti – www.nsfla.uz tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda test sinovlariga oid yangiliklar, materiallar, talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha tavsiyalar beriladi, amaliy yordam ko‘rsatiladi. Interaktiv xizmatlar orqali foydalanuvchilar ariza berishi hamda topshirgan test natijalarini bilishi mumkin.
Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.