Britaniya hukumati vakillari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo‘ldi
Mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlikka tayangan siyosat natijasi o‘laroq, dunyo hamjamiyatining yurtimizga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Buning isbotini sohalar kesimida yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorliklar ham tasdiqlaydi.
Yurtimizdagi ta’lim tizimi haqida to‘liq tasavvur hosil qilish maqsadida Britaniya Kengashi hamda Buyuk Britaniya hukumati vakillari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo‘ldi.


Mehmonlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari xususan, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishiga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.
Tashrif davomida Britaniya hukumati vakillari institutda tashkil etilgan Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi (CPD hub) faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Markaz va boshqa loyihalar ishtirokchilari bilan suhbatlar tashkil etilib, uzluksiz kasbiy rivojlanishning yangi modeli amaliyotga joriy etilishi, uning natijalari hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.


Mazkur uchrashuv o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Sherbek Islomov, O‘zA