Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yosh avlodning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi” shiori ostida an’anaviy “Yoshlar ovozi” respublika tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida tashkil etilgan mazkur tanlovda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iste’dod egalari baxshichilik, an’anaviy ijro, estrada va opera yo‘nalishlarida o‘z iqtidorini namoyish etdi.
– O‘zida beshta bosqichni mujassam etgan “Yoshlar ovozi” tanlovi yildan-yilga yangi iqtidorlarni kashf etmoqda, - deydi viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Nargiza Musayeva. – Tanlovning mahalla, sektor va tuman bosqichlarida 21 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz saralab olindi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, opera yo‘nalishida Yigitali Mahmudov va Quvonchbek O‘ktamjonov, estrada yo‘nalishida Nargiza Xoliyeva, Muhammadjon Jo‘rayev va Umidullo Ravshanov, an’anaviy ijro yo‘nalishida Diyorbek Farmonov, Ubaydullo Hakimov, baxshichilik yo‘nalishida esa Dilnoza Lazizova va Nozima Chorshanbiyeva g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
[gallery-29079]
Faxrli o‘rinlarni egallagan iqtidor sohiblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA