Bilimdonligi uchun grant va stipendiya
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shahrizoda Musajonova dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Gonkong politexnika universiteti (The Hong Kong Polytechnic University)ga to‘liq grant asosida qabul qilindi.
PolyU — Xitoyning Gonkong shahridagi davlat tadqiqot universiteti bo‘lib, texnik ta’limga ixtisoslashgan va QS xalqaro reytingida 54-o‘rinni egallagan.
Endi Shahrizoda Musajonova Gonkong universitetida o‘qishi uchun yiliga 32 000 dollar, 4 yil uchun jami 128 000 dollar miqdoridagi to‘lovdan ozod qilindi. Bilimdonligi tufayli yutib olgan grant doirasida farg‘onalik talabaga yillik 6000 dollar, bakalavr o‘quv jarayoni uchun jami 24 000 dollar stipendiya ham beriladi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA