Yuto Nagatomo terma jamoaga chaqirilganini eshitib yig‘lab yubordi
Ushbu mundial Nagatomo uchun beshinchi jahon chempionatidagi ishtirok bo‘ladi.
Italiyaning "Inter" klubi sobiq himoyachisi Yuto Nagatomo Yaponiya terma jamoasi bilan mundialda ishtirok etadi.
O‘z vaqtida Italiyaning "Inter" klubida to‘p tepgan yaponiyalik himoyachi Yuto Nagatomo yana terma jamoaga chaqiruv oldi. Futbolchi "samuraylar" bilan joriy yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu xabarni eshitgan futbolchi quvonch ko‘zyoshlarini yashira olmadi. Ushbu mundial Nagatomo uchun beshinchi jahon chempionatidagi ishtirok bo‘ladi. Yaponiya terma jamoasi turnirning "F" guruhidan joy olgan. Ular mundialdagi ilk uchrashuvini 14-iyun kuni Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 2-turda Tunis bilan kuch sinashsa, so‘nggi o‘yin Shvetsiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslariga 11-iyun kuni start beriladi.