Yoshlarning sardorlik va zamonaviy ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda (+video).
Bugungi kunda yoshlarga har bir soha yo‘nalishida shakllanib, professional kadr sifatida rivojlanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Yurtimiz bo‘ylab ta’til kunlarini samarali va sermazmun o‘tkazish maqsadida Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yozgi oromgohlarda dam olish bilan bir qatorda maxsus seminar-treninglar, uchrashuvlar, shaxsiy rivojlanish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Bo‘stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy ta’lim tashkilotlari konsorsiumi bilan hamkorligida tashkil etilgan seminar-trening ham oliy ta’lim tashkilotlari talabalarida sardorlik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion yondashuvlardan kasbiy faoliyatda foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MCsi0ht9_bc" title="Yoshlarning liderlik va zamonaviy ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA