Yoshlar bilan ochiq muloqot
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Payshanba – yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Xonobod shahrida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Xonobod shahar hokimi Elyorbek Abdurahmonov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Dilxirojbek Yulchiyev ishtirokida Xonobod shahridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar hamda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv-muloqotda mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish, hal etish, ayniqsa, bandligini ta’minlash, ularning faolligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.


Uchrashuv davomida fuqarolar va yoshlarning murojaatlari tinglandi, ularni qiynayotgan muammo va masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqotda yoshlar bildirgan aksariyat muammolar shu joyning o‘zida hal etildi. Ma’lum vaqt va o‘rganish talab etadigan masalalar ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Tadbir yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish va jamiyatda munosib o‘rin topishlariga yordam berdi.
F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (foto),
O‘zA muxbirlari