Yeremi Pino: “Tezroq safga qaytish haqida o‘ylayapman”
Avvalroq futbolchining chap yelkasidagi akromioklavikulyar bo‘g‘im cho‘zilgani ma’lum qilingandi. Jarohat o‘rtacha og‘irlikda deb baholangan.
Yeremi Pino JCH–2026 guruh bosqichida olgan jarohatidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi.
Ispaniya terma jamoasi hujumchisining ma’lum qilishicha, u bir nechta uchrashuvni o‘tkazib yuboradi, biroq allaqachon tiklanish jarayoniga e’tibor qaratgan.
“Tibbiy tekshiruvlar yaqin bir necha uchrashuvni o‘tkazib yuborishimni tasdiqladi. Ammo men allaqachon tiklanish haqida o‘ylayapman. Umid qilamanki, jamoamiz imkon qadar uzoqqa boradi. Har doimgidek, kerak bo‘lgan joyda jamoaga yordam berishda davom etaman”, — deb yozdi Pino ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq futbolchining chap yelkasidagi akromioklavikulyar bo‘g‘im cho‘zilgani ma’lum qilingandi. Jarohat o‘rtacha og‘irlikda deb baholangan.
Shuningdek, tibbiy tekshiruvlar o‘mrov suyagi singanini inkor etdi. Shu sababli Pino turnir davomida yana maydonga qaytishi mumkin. Biroq u 2-iyul kuni Avstriya milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCH–2026 1/16 final uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.