“Yaşil makon” taşabbusi izçil davom etmoqda
Prezidentimiz taşabbusi bilan ilgari surilgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi bugun mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlaş, aholi uçun qulay va soğlom yaşaş muhitini yaratişga qaratilgan keng kölamli harakatga aylandi. Uşbu ezgu taşabbus doirasida Buxoro viloyatida ham kökalamzorlaştiriş işlari izçil davom etmoqda.
Navbatdagi köçat ekiş tadbiri viloyat hokimi Botir Zaripov boşçiligida şahar va tumanlar hokimlari iştirokida viloyatning maʼmuriy markaziga tegişli maydonda taşkil etildi.
Tadbir davomida hududga turli manzarali daraxt köçatlari ekilib, yaşil maydonlarni kengaytirişga qaratilgan amaliy işlar bajarildi. Eʼtiborlisi, viloyat va tumanlar rahbarlari bu jarayonda nafaqat taşkiliy jihatdan, balki bevosita mehnat bilan iştirok etib, kökalamzorlaştiriş borasida şaxsiy namuna körsatdi.
Zero, “Yaşil makon”ning mohiyati faqat köçat ekiş bilan çeklanmaydi. Uning zamirida tabiatga masʼuliyat bilan munosabatda böliş, ekologik madaniyatni yuksaltiriş, kelajak avlod uçun soğlom va musaffo muhit yaratişdek ezgu maqsadlar mujassam. Ekilgan har bir nihol ertangi kunga qaratilgan umid, obodlik va bunyodkorlik ramzidir.


Ayni jihatdan, rahbarlarning bunday tadbirlarda şaxsan iştirok etişi ham muhim ahamiyatga ega. Çunki yaxşi taşabbus, eng avvalo, amaliy harakat va şaxsiy namuna orqali keng jamoatçilikka taʼsir körsatadi. Bu esa mahallalar, mehnat jamoalari va aholi örtasida yurt obodligiga daxldorlik tuyğusini kuçaytirib, ekologik masʼuliyatni umumiy qadriyatga aylantirişga xizmat qiladi.
Eng muhimi, bugun ekilgan köçatlar kelgusida soya-salqin boğlarga, yaşil hududlarga aylanişi uçun ularni asrab-avaylaş va parvarişlaş ham barçamizning doimiy vazifamizdir. Zero, obodlik faqat bugun yaratilgan şaroit bilan emas, uni kelajak avlodga qanday holda qoldirişimiz bilan ham ölçanadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri