Xotin-qizlar uçun bepul tibbiy körik
Aholi salomatligini muhofaza qiliş, kasalliklarning oldini oliş va har bir inson uçun sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan ijtimoiy islohotlarning muhim yönalişlaridan biridir.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, aholi salomatligini mustahkamlaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, ayniqsa, xotin-qizlarga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada profilaktik tibbiy köriklarni kengaytiriş, kasalliklarni erta aniqlaş va ularning asoratlarini bartaraf etiş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida amalga oşirilayotgan “Salomatlik sari” aksiyasi ham ana şu ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Uşbu taşabbus aholi salomatligini muhofaza qiliş bilan birga, tibbiy madaniyatni yuksaltiriş, profilaktika işlarini kuçaytiriş va malakali mutaxassislar xizmatidan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Aksiya doirasida O‘zLiDeP Buxoro şahar Kengaşi hamda “Doktor Nigin” xususiy klinikasi hamkorligida şaharda istiqomat qiluvçi xotin-qizlar uçun keng qamrovli bepul tibbiy körik taşkil etildi.
Unda “Bahovuddin Naqşband” va “Şayxul-olam” mahallalari, şuningdek, ularga tutaş hududlarda yaşovçi 50 nafardan ziyod xotin-qiz malakali şifokorlar körigidan ötdi.
Tibbiy körik davomida klinikaning ginekolog, reproduktolog va mammolog mutaxassislari tomonidan ayollarning salomatlik holati baholanib, mavjud muammolarni erta aniqlaş, kasalliklarning oldini oliş va davolaş yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Tekşiruvlarning zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida ötkazilgani esa iştirokçilar uçun yanada keng imkoniyat yaratdi.

— O‘zLiDeP faollari tomonidan aholi, ayniqsa, xotin-qizlar salomatligiga qaratilgan bunday xayrli taşabbuslar amalga oşirilayotganidan juda mamnunman. Biz kabi fuqarolar uçun bepul tibbiy köriklar taşkil etilib, malakali şifokorlar maslahati va zamonaviy tibbiy tekşiruvlardan ötiş imkoniyati yaratilayotgani katta ğamxörlikdir. Tadbir taşkilotçilariga, xususan, O‘zLiDeP faollari va “Doktor Nigin” klinikasi jamoasiga öz minnatdorçiligimni bildiraman, — deydi tibbiy körik iştirokçisi Olima Turdiyeva.
Eʼtiborlisi, bunday aksiyalar tibbiy xizmatni aholiga yaqinlaştiriş, profilaktik köriklarga qamrovni oşiriş va xotin-qizlarni öz salomatligiga yanada masʼuliyat bilan yondaşişga undaşi bilan ham muhimdir. Zero, kasallikni davolaşdan köra, uning oldini oliş, muammoni dastlabki bosqiçda aniqlaş inson salomatligi va hayot sifati uçun beqiyos ahamiyatga ega.
Aholi salomatligini muhofaza qiliş, onalik va bolalikni asraş, xotin-qizlar örtasida kasalliklarning oldini oliş hamda xususiy tibbiyot salohiyatidan samarali foydalaniş O‘zLiDeP faoliyatining ustuvor yönalişlaridan hisoblanadi.
Bunday xayrli taşabbuslarning izçil davom ettirilişi esa inson manfaatlari ustuvor bölgan islohotlarning mahallalar hayotidagi amaliy ifodasi bölib, aholi salomatligi va farovonligiga xizmat qiladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri