Yangi yilning ilk kunida O‘zbekistonda 1094 nafar chaqaloq dunyoga keldi
2026 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1094 nafar chaqaloq tug‘ildi. Ularning 539 nafari o‘g‘il, 555 nafari qiz bolalardir.
Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida — 138 nafarni tashkil etdi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 135 nafar, Samarqand viloyatida 125 nafar, Qashqadaryo viloyatida 121 nafar, Namangan viloyatida 110 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Eng kam tug‘ilish Sirdaryo viloyatida — 19 nafar qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, tug‘ilganlar orasida 17 ta egizak holati mavjud bo‘lib, ular jami 37 nafar bolani tashkil etadi. Xususan, 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari uch homilalik va 4 nafari to‘rt homilalik egizaklardir.
Ayni paytda respublika bo‘ylab tug‘uruq komplekslari va tibbiyot muassasalarida shifokorlar tomonidan go‘daklarga belgilangan standartlar asosida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
Bayram kunlari 4913 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya va hamshira navbatchilik asosida aholiga xizmat qilmoqda.
Hamroz Bayanov, O‘zA