Yangi yil tomoshalariga tayyorgarlik qizg‘in
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri Yangi yil bayrami uchun bolajonlarga unutilmas tuhfalarni taqdim etadi.
28 dekabrdan 5 yanvarga qadar «Dyuymovochka» va “Game over” (“O‘yin tugadi”) spektakllari namoyish etiladi. Har bir namoyish oldidan qorbobo va qorqiz chiqishlari, bolajonlar uchun kutilmagan eksklyuziv sovg‘alar o‘rin olgan.
“Dyuymovochka” – ertaknamo yorqin spektakl bo‘lib, unda oqko‘ngil qizchaning oppoq orzulari tarannum etiladi.
“Game over” spektakli virtual o‘yinlar olami haqida qiziqarli spektakl bo‘lib, yosh tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy.

Eksklyuziv tomoshalar, betakror raqs va o‘yinlar, aktyorlarning yorqin ijrolari bolajonlarga muntazir.
– Yangi yil har doimgidek yorqin lahzalarga boy, ayniqsa, bu bayramni bolajonlar intiqib kutadi, – dedi dedi teatr adabiy bo‘lim boshlig‘i Dostonbek Rahmatullayev. – Biz teatr ijodkorlari buni alohida e’tiborga olishimiz lozim.
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida ikkita bir-biridan qiziqarli va maroqli tomosha “Dyuymovochka” hamda va “Game over” spektakllari maxsus namoyish etiladi. Barcha jajji muxlislar uchun eshiklarimiz ochiq. Biz ularni kutamiz.
N.Usmonova, O‘zA