Yangi Özbekistonning boş mezoni: “Odil sudlov – 2030” strategiyasi nimalarni özgartiradi?
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi tarixiy farmoni bilan tasdiqlangan “Odil sudlov – 2030” strategiyasi mamlakatimiz sud-huquq tizimida tub buriliş yasaşga qaratilgan muhim dasturulamal hujjatga aylandi.
Uşbu strategiyaning eng konseptual va markaziy yönalişlaridan biri – “Kafolatlangan adolat” bandidir. Xöş, bu band özida qanday maqsadlarni mujassam etgan va u yaqin kelajakda oddiy fuqarolar hayotida qanday aks etadi?
ÖzA muxbiriga uşbu masalaning mazmun-mohiyati yuzasidan jinoyat işlari böyiça Urganç tuman sudining raisi Inomjon Usmanov quyidagilarni gapirib berdi.
– Adolat eng avvalo davlatçilikning mustahkam poydevori bölişi lozim. “Kafolatlangan adolat” tamoyilining tub negizida inson qadri va qonun ustuvorligi yotadi. Uşbu konsepsiya sudni şunçaki jazolovçi yoki nizolarni hal qiluvçi davlat organi emas, balki fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklaydigan, adolatni qaror toptiradigan eng işonçli va xolis dargohga aylantirişni közda tutadi. Strategiyada belgilanganidek, har bir inson, uning ijtimoiy kelib çiqişi, moliyaviy ahvoli yoki mansab mavqeidan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengdir. Bu tenglik esa davlat tomonidan yuz foiz kafolatlanişi şart.
Uşbu yönaliş doirasida amalga oşirilişi belgilangan ustuvor vazifalarni quyidagi asosiy bloklarga ajratiş mumkin:
Birinçidan, sud hokimiyatining çinakam mustaqilligi va sudyalar daxlsizligi Adolatni taʼminlaşning birinçi va eng muhim şarti – sudning mustaqilligidir. Strategiyada sudyalar faoliyatiga har qanday şaklda aralaşiş, ularga bosim ötkaziş holatlarining oldini oliş böyiça qatʼiy va murosasiz mexanizmlar joriy etilişi belgilangan. Sudyalarni tanlaş va lavozimga tayinlaş jarayonida inson omili minimallaştirilib, oçiqlik va şaffoflikni taʼminlovçi tizim yaratiladi. Sudya öz qarorini faqat va faqat qonunga va içki işonçiga tayangan holda qabul qilişi uçun unga töliq iqtisodiy hamda huquqiy xavfsizlik kafolatlari taqdim etiladi.
Ikkinçidan, “Raqamli odil sudlov” – şaffoflik va tezkorlik garovi “Kafolatlangan adolat” bandining eng innovatsion qismlaridan biri sud jarayonlarini çuqur raqamlaştiriş bilan boğliq. Işlarni sudyalar örtasida taqsimlaşdan boşlab, sud qarorlarini ijroga qaratişgaça bölgan barça bosqiçlarda sunʼiy intellekt va “Big Data” texnologiyalarini keng qöllaş közda tutilgan. Bu esa öz navbatida byurokratik tösiqlarni bartaraf etadi, qoğozbozlikni qisqartiradi va eng asosiysi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oladi. Fuqarolar öz işlarining körilişi jarayonini real vaqt rejimida kuzatib boriş imkoniyatiga ega böladi.
Uçinçidan, “Xabeas korpus” institutini yangi bosqiçga olib çiqiş inson erkinligi va şaxs daxlsizligi darajasini oşiriş maqsadida tergov ustidan sud nazorati yanada kuçaytiriladi. Strategiyaga muvofiq, qamoqqa oliş, uy qamoği, tintuv ötkaziş va boşqa protsessual majburlov çoralari faqatgina sudning asoslantirilgan va qatʼiy ruxsati bilan amalga oşirilişi taʼminlanadi. Tergov jarayonida inson huquqlari buzilişining har qanday körinişiga qarşi sudning vakolatlari keskin kengaytiriladi. Bu oqlov hukmlarining köpayişiga va tergov organlari masʼuliyatining oşişiga xizmat qiladi.
Törtinçidan, odil sudlovning hamma uçun oçiq va erişarli bölişi Jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, xususan, kam taʼminlangan fuqarolar, ayollar va yoşlar uçun davlat hisobidan bepul huquqiy yordam körsatiş kölami kengaytiriladi. Çekka hududlarda yaşovçi aholi uçun mobil sud majlislarini ötkaziş va onlayn murojaatlar tizimini soddalaştiriş orqali odil sudlovga erişiş darajasi oşiriladi. Har bir fuqaro öz huquqlarini himoya qiliş uçun moddiy yoki geografik tösiqlarga duç kelmasligi tizimli ravişda hal etiladi.
Beşinçidan, Sud qarorlari ijrosining muqarrarligi Adolat sudning qonuniy qarori çiqişi bilan emas, balki öşa qarorning hayotda töliq ijro etilişi bilan yakuniga yetadi. Şu bois, "Kafolatlangan adolat" yönalişida sud hujjatlari ijrosini taʼminlaşning yangi, taʼsirçan va tezkor mexanizmlarini işlab çiqişga alohida urğu berilgan. Ijro tizimini takomillaştiriş orqali fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini real tiklaş kafolatlanadi.
“Bundan közlanayotgan marralar nimalardan iborat?” – degan haqli savol tuğilişi tabiiy.
"Odil sudlov – 2030" strategiyasining mazkur yönalişi 2030-yilga borib qator aniq va ölçanadigan natijalarni berişi kutilmoqda:
Aholi va tadbirkorlarning sud tizimiga bölgan işonçi körsatkiçini xalqaro standartlar darajasiga, yaʼni 80-90 foizga yetkaziş, Özbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi, xususan, "Qonun ustuvorligi indeksi"dagi örnini sezilarli darajada yaxşilaş hamda kuçli elliktalik davlatlar qatoriga kiriş, mediatsiya va nizolarni sudgaça hal qiliş mexanizmlarini keng joriy etiş orqali sudlarning iş yuklamasini keskin kamaytiriş va sifatni oşiriş asosiy közlangan maqsadlardir.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan mazkur farmon va undagi "Kafolatlangan adolat" tamoyili Yangi Özbekistonda qonun ustuvorligini taʼminlaşning yangi davrini boşlab berdi. Bu islohotlar faqatgina huquqni muhofaza qiluvçi organlar yoki sudlar uçun emas, balki har bir Özbekiston fuqarosining tinç, xavfsiz va adolatli jamiyatda yaşaşini kafolatlaş uçun xizmat qiladi. Vazifa esa bitta uşbu strategiyada belgilangan yuksak maqsadlarni qoğozdan amaliyotga, haqiqiy hayotga töliq köçirişdir.
Ahmadjon Şokirov yozib oldi, ÖzA