Mehmonxonalarda milliy ruh qançalik aks etgan?
Özbekistondagi 7,5 mingdan ziyod mehmonxona milliy madaniyat elçisiga aylanmoqda. Yangi amaliy qöllanma orqali ular sayyohlarga özbekona ruhni çuqur his ettiradi.
Turizm qömitasi matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, yurtimizda 7,5 mingdan ortiq mehmonxona va boşqa joylaştiriş vositasi faoliyati yölga qöyilgan. Ulardagi örinlar soni esa 207 mingdan ziyod. Bu raqamlar ortida şunçaki mehmonxona xonalari emas, balki Özbekistonni dunyoga tanitiş uçun ulkan imkoniyat mujassam.

Şu nuqtai nazardan, xorijlik mehmonlarga milliy madaniyatimizni namoyon etişda mehmonxonalarning örnini kuçaytiriş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, “Turizm xizmatlarini sertifikatlaştiriş markazi” davlat muassasasi tomonidan “Mehmonxonalarda milliylikni tarğib qiliş” nomli amaliy uslubiy qöllanma işlab çiqildi.

Qöllanmada milliylik faqatgina devordagi naqş, milliy libos yoki anʼanaviy buyumlar bilan çeklanmasligi taʼkidlangan. Aksinça, u mehmonxonaga kirişdan tortib, kuzatib qöyişgaça bölgan butun jarayonda namoyon bölişi lozim bölgan yaxlit madaniy tajriba sifatida talqin etilgan. Yaʼni, sayyoh mehmonxonada nafaqat dam olişi, balki özbekona mehmondöstlikni his qilişi, milliy taomlarimizdan tatib körişi, hunarmandçilik namunalarini körişi, xalqimizning urf-odatlari va qadriyatlari bilan yaqindan tanişişi kerak. Bundan taşqari qöllanmada mamlakatning barça hududlaridagi joylaştiriş vositalarida milliylikni joriy etiş böyiça beşta asosiy yönaliş belgilangan.

Soha vakillarining sözlariga köra, mehmonxonada körgan birgina milliy naqş, tatib körgan bir piyola kök çoy yoki samimiy özbekona muomala sayyohning Özbekiston haqidagi xotirasiga aylanişi mumkin.

Demak, milliylikni tarğib qiliş — mehmonxona intereriga bezak qöşiş emas, balki Özbekistonning öziga xos qiyofasini har bir mehmonga his ettiriş.

Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA