Yangi mahalla boği barpo etildi
«Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida Guliston tumanidagi Mustaqillik mahallasida yangi yaşil maskan barpo etildi. Bir gektar maydonda taşkil etilgan boğ hududiga 1 ming 500 tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt köçatlari ekilib, mahallaning yaşil hududi kengaytirildi.
Eʼtiborlisi, bu safargi taşabbus köçat ekiş bilan çeklanib qolmadi. Dastlab mahalla yettiligi vakillari uçun amaliy seminar taşkil etildi. Unda qişloq xöjaligi sohasida köp yillik tajribaga ega agronom-dehqon Hakimjon ota Ismoilov yer maydonini köçat ekişga tayyorlaş, nihollarni töğri ötqaziş, dastlabki parvariş va keyingi agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş böyiça öz tajribasi bilan örtoqlaşdi.


Amaliy seminardan söng mahalla yettiligi vakillari, korxona va taşkilot rahbarlari iştirokida ajratilgan maydonga mevali va manzarali daraxt köçatlari ekildi. Bu esa taşabbusning nafaqat kölamiga, balki uni sifatli amalga oşirişga ham alohida eʼtibor qaratilayotganidan dalolat beradi.

Taʼkidlaş joizki, Guliston tumanida «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida kökalamzorlaştiriş işlari izçil davom etmoqda. Joriy yilning bahor mavsumida hududda 679 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt köçatlari ekilgan bölsa, kuz mavsumida yana 1 million 170 ming tup köçat ötqaziş rejalaştirilgan. Ayni paytda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amaliy işlar boşlab yuborilgan.

Zero, köçat ekiş — xayrli işning boşlanişi, uni asrab-avaylaş esa haqiqiy masʼuliyatdir. Yangi barpo etilgan mahalla boğining yaşnab, soya-salqin maskanga aylanişi va kelgusi avlodlarga yaşil meros bölib qolişi uni muntazam parvarişlaşga boğliq.

— Quvonarlisi, bunday ezgu işlar nafaqat Mustaqillik mahallasida, balki tumanning boşqa mahallalarida ham davom ettiriladi. Ariqlar, yöl böylari va xiyobonlarga manzarali hamda mevali daraxt köçatlari ekilib, aholimiz «Yaşil makon» umummilliy loyihasiga öz hissasini qöşadi, — deydi tuman Mahallalar uyuşmasi raisi Şuhrat Xuşmurodov. Çunki yaşil kelajak bugun ekilgan nihollardan boşlanadi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri