XX asr boshlarida Andijondagi “Taraqqiyparvar” tashkiloti faoliyati: arxiv hujjatlari tahlili
Elyorbek Kаxrаmonjon o‘g‘li АBDULXАYEV аssistent Аndijon davlat texnika instituti Andijon, O‘zbekiston e-mаil: elyorbekаbdulxаyev0708@gmаil.com ORCID ID 0009-0001-0495-5301
Annotatsiya
Ushbu maqolada 1916–1917-yillarda Farg‘ona vodiysi, xususan Andijon uezdidagi ijtimoiy-siyosiy ahvol arxiv hujjatlari (461-fond) asosida keng ko‘lamda tahlil qilingan. Tadqiqotning diqqat markazida mustamlaka tuzumi ma’muriyati tomonidan “Taraqqiyparvar” deb nomlangan yashirin siyosiy tuzilmaning faoliyati, uning tarkibiy tuzilishi va kurash usullari turadi. Unda arxiv materiallarining quruq faktologiyasidan tashqari, o‘sha davr odamlarining qismati va milliy ozodlik harakati vakillarining ma’naviy portreti ochib berilgan. Shuningdek, mazkur tarixiy tajribaning bugungi Yangi O‘zbekiston davlati siyosati va Uchinchi Renessans poydevori bilan vorisiylik aloqalari ilmiy asoslangan.
Tayanch so‘zlar: Turkiston, Andijon, arxiv, Taraqqiyparvar, Ubaydulla Xo‘jayev, 1916-yil, mustamlaka siyosati, milliy uyg‘onish, jadidchilik, huquqiy davlat, inson omili, Yangi O‘zbekiston,