XVIII-XIX asrlarda Buxoro amirligining Sharq va Rossiya bilan diplomatik hamda savdo-iqtisodiy munosabatlari: tarixiy manbalar tahlili
Abduvali BERDIYEV dotsent tarix fanlari boʻyicha (PhD) falsafa doktori Shahrisabz davlat pedagogika instituti Shahrisabz, O‘zbekiston e-mail: abduvali4111104@gmail.com https://orcid.org/0009-0003-6958-0605
Anotatsiya
Ushbu maqolada XVIII–XIX asrlarda Buxoro amirligining Sharq davlatlari va Rossiya bilan olib borgan diplomatik hamda savdo-iqtisodiy aloqalari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Unda rus elchilari, sayyohlari va savdogarlarining hisobotlari, safarnomalari hamda tarixiy hujjatlar asosida Buxoro amirligining xalqaro savdo munosabatlaridagi o‘rni yoritiladi. Xususan, amirlikning Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Sharqiy Turkiston va Rossiya bilan bo‘lgan savdo aloqalari, karvon yo‘llari, boj tizimi va diplomatik bordi-keldilari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari Buxoro amirligining Markaziy Osiyoda yirik savdo va diplomatik markazlardan biri bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Tayanch so‘zlar: Buxoro amirligi, diplomatik aloqalar, xalqaro savdo, karvon yo‘llari, Rossiya–Buxoro munosabatlari, Hindiston savdosi, Eron bilan aloqalar, Orenburg savdo yo‘li, rus elchilari, tarixiy manbalar.