Xovar: 2027-yil Dushanbeda yana bir xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
"Xovar" milliy axborot agentligi Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Kelajak avlodlar uchun tinchlikni mustahkamlash bo‘yicha xalqaro o‘n yillik, 2027-2036-yillar” rezolyutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan bildirgan fikrini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 2027-yil Milliy birlik kuni 30 yilligi arafasida Dushanbe shahrida BMT va hamkor davlatlar ishtirokida yuqori darajali xalqaro konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan. Tadbirda mazkur xalqaro o‘n yillikka start berilishi kutilmoqda.
Tojikiston rahbari ushbu rezolyutsiya xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik madaniyatini keng yoyish, hozirgi va kelajak avlodlar uchun xavfsiz dunyo barpo etishga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
Maqola O‘zA va “Xovar” milliy axborot agentligi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga muvofiq tayyorlandi.
D.Hakimov, O‘zA