Xotira bor millatyashaydi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 81 yilligi nishonlanmoqda.
Bayram munosabati bilan Nukus shahridagi Motamsaro ona haykali maydonida davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari yig‘ildi.
[gallery-29306]
Qoraqalpog‘istonRespublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev bayram munosabati bilan haykal poyiga gulchambar qo‘yib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishta hayoti uchun jonini fido qilgan insonlarni xotirladi. Ularning jasoratini yodga oldi.
Shuningdek, Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi tuzilmalar vakillari, idora va tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari bilan yoshlar ham haykal poyiga gullar qo‘ydi.
Ikkinchijahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Orolbo‘yining shahar va tumanlarida davom etmoqda.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.