Xorazm yo‘llarida bir sutkada 1 ming 773 ta qoidabuzarlik sodir etildi (+video)
Mototsiklni tikka turib yoki turli “tryuk”larni ko‘rsatib haydash shunchaki mahorat yoki maqtanchoqlik emas, balki o‘z hayotini ochiqdan-ochiq xavf ostiga qo‘yish va atrofdagilarning salomatligiga ham tahdiddir.
Omonlik va xotirjamlik tuyg‘usi, eng avvalo, ko‘chalarimizdagi tartib-intizomdan boshlanadi. Yo‘l faqat manzilni manzilga bog‘laydigan oraliq masofa emas, balki minglab insonlarning hayoti, taqdiri va oilalari kutayotgan umidlar tutashgan maskandir. Shu bois, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, qoidabuzarliklarning oldini olish har bir haydovchi va piyodaning burchiga aylanmog‘i lozim.
Xorazm viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi nazorat-reyd tadbirlari aynan ana shunday mas’uliyatli maqsadga qaratildi. 9-sentabr kuni viloyat hududi bo‘ylab tashkil etilgan keng qamrovli reyd davomida jami 1 773 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi.
Bu ko‘rsatkich shunchaki raqam emas, balki ana sha raqam ortida qanchadan-qancha ehtimoliy xavflarning oldi olingani, qanchadan-qancha insonlarning sog‘lig‘i va hayoti asrab qolingani mujassam.
<iframe width="1060" height="596" src="https://www.youtube.com/embed/azCr5eE-Cdc" title="Xorazm viloyati IIB YHXB tomonidan 9-sentabr kuni 1773 ta qoidabuzarlik aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat),
O‘zA muxbirlari