Xodjayorova Guzal Rustamovnaning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“N, N', N" - tris (β-oksiyetil) geksagidro-S-triazinning ba’zi metall ionlari bilan supromolekulyar sistemalar hosil qilishning fizik-kimyoviy asoslari” mavzusida
Xodjayorova Guzal Rustamovnaning kimyo fanlaridan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, 02.00.04 - Fizik kimyo va 02.00.12 - Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya (kimyo fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha taqdim etgan “N, N', N" - tris (β-oksiyetil) geksagidro-S-triazinning ba’zi metall ionlari bilan supromolekulyar sistemalar hosil qilishning fizik-kimyoviy asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishining himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.K.09.09 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 28-iyul kuni, soat 9:00 dagi yig‘ilishida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy, Biokimyo instituti, kimyo binosi, 220 xona.
Tel: (+99866) 239-11-40; faks: (+99866) 239-11- 51.
e-mail: devonxona@samdu.uz