Hamdamov Ma’rufjon Sayfulla o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Muhandislik inshootlarining fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish ishlarini takomillashtirish (Samarqand shahridagi muhandislik inshootlari misolida)” mavzusida
Hamdamov Ma’rufjon Sayfulla o‘g‘lining 06.01.10 – “Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” ixtisosligi bo‘yicha “Muhandislik inshootlarining fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish ishlarini takomillashtirish (Samarqand shahridagi muhandislik inshootlari misolida)” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsasfa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD26/26.01.2023.T.109.04 raqamlı Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 29-iyul kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140147, Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70.
Tel: (998-66) 237-15-93
e-mail: samdaqu@samdaqu.edu.uz