XMT vakili O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi
Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 114-sessiyasi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Bosh direktori kotibiyati rahbari Beate Andres bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini takomillashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash hamda munosib mehnat tamoyillarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga e’tibor qaratildi.

Beate Andres mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, XMT O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma dastur va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Xalqaro mehnat standartlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida joriy yilning 4 - 6-sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan 12 - Global yosh parlament a’zolari konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. MOT mazkur nufuzli xalqaro anjumanning tashkil etilishiga ko‘maklashish hamda tashkilot vakillarining unda qatnashishidan manfaatdor ekanini bildirdi.
N.Abduraimova, O‘zA