Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi energetika loyihalarining istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi xorijiy investorlar kengashining yig‘ilishi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari – “CAMCE”, “China Energy” va “Sinoma Energy” rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energetika, energiya saqlash, chiqindini qayta ishlash va suv ta’minoti sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.


Xitoy kompaniyalarining Andijon viloyatida logistika xabini tashkil etish, agrovoltaikani rivojlantirish hamda neft-gaz sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.